<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Murodiga yetgaydir</aka>
<title>Chin sevgi</title>
<lyrics>[V1]
 Murodiga yetgaydir har bitta sodiq qalbli bek
 Yetuklar sevar juftin goʻyoki oʻzin sevgandek
 Avaylarlar asrarlar nafis bir nozik guldondek
 Siz sevgini asrang asragay ishq dargohingiz

[C1]
   Sevgi sabrli
   U bitta oʻzin oʻylamas
   U beboshmas
   U kekkaymas
   Chin sevgi hech magʻrurlanmas
   Sevgi vafoli
   U tuzgan ilk ahdin buzmas
   Hasadgoʻymas, dilozormas,
   Chin sevgi hech ado boʻlmas!

[V2]
 Ibrat olib soʻrovdan
 Yordamchi boʻlsa bekalar
 Taqinchoqmas xushxulqni
 Oʻziga bezak etsalar
 Oʻz uylarin buzmasdan
 Donodek obod etsalar
 Siz sevgini asrangiz
 Asragay ishq dargohingiz

[V3]
 Xudo qoʻshganin inson ajratmasin
 Ahdu paymoningiz U marhamatlasin!</lyrics>
</song>